Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2629 marta o'qildi

Kasanachilikni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan jismoniy shaxs bilan ish beruvchi o‘rtasida yozma shaklda mehnat shartnomasi tuziladi.

Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga quyidagi shartlar ham kiritiladi:
  • kasanachi tomonidan mehnat vazifalarini amalga oshirish uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi;
  • xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish hamda topshirish tartibi;
  • moddiy javobgarlik shartlari;
  • ish beruvchi va kasanachining mehnatni muhofaza qilish qoidalariga hamda mehnat shartlariga rioya etishga doir majburiyatlari;
  • kasanachiga ta’tillar berish, uni ijtimoiy sug‘urta qilish, uning pensiya ta’minoti shartlari;
  • ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun kasanachi o‘z uskunasi, asbobi va jihozidan foydalangan taqdirda uning xarajatlari o‘rnini qoplash tartibi va shartlari;
  • ish beruvchining buyurtmasini bajarish munosabati bilan kasanachi foydalangan energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarning o‘rnini qoplash (kompensatsiya qilish) tartibi;
  • kasanachi mehnat shartnomasida shartlashilgan mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun unga berilgan uskuna, asbob va jihozni ta’mirlash yuzasidan ish beruvchining majburiyatlari;
  • kasanachining aybiga ko‘ra materiallar, uskunalar, asboblarning buzilishi, shuningdek mahsulotning to‘liq yoki qisman yaroqsizligi bilan bog‘liq moddiy zararning o‘rnini ish beruvchiga qoplash shartlari;
  • kasanachiga foydalanish uchun berilgan uskunalar, asboblarni, jihozlarni, butlovchi buyumlarni, xom ashyoni va materiallarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi hamda ish beruvchining vakillarini kasanachilik amalga oshirilayotgan xonalarga kiritish shartlari;
  • kasanachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (elektr energiyasining, suv, gazning mavjud emasligi va boshqalar) munosabati bilan ish beruvchining buyurtmasini belgilangan muddatlarda bajarish mumkin bo‘lmagan taqdirda, kasanachining bu haqda ish beruvchini xabardor qilishga doir majburiyatlari.

Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.

Kasanachi bilan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasining namunaviy shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Chat